Maktab madhiyasi

Quyosh bilan bellashar
Ziyo berish bobida,
Har bitta saboq bunda
"Chin inson" kitobidan
Ona kabi mehribon
Beminnat ustoz maktab,
Ota kabi zo‘r posbon
Serhimmat ustoz maktab
O‘tmish, bugun kelajak
Bilimlariga makon,
Tolibi ilmlarga
Bag‘ri ochiq har zamon
Ustoz der: - so‘zing bo‘lsin
Aytarga bu dunyoda
Odamiylik xazinang,
Qadring bo‘lsin ziyoda!
Samoga parvozlarning
Ostonasidir maktab,
Buyuk iftirolarning
Ilk xonasidir maktab
Naqorat:
Mehringdanku isindim
O‘zing oftob maktabim
Sen hikmat to‘la mulkim
So‘zing kitob maktabim
O‘zing oftob maktabim
So‘zing kitob maktabim