Toshkent shahar Yunusobod tuman 302-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

Bugun kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlarida qatnashish uchun murojaatlar yuborish boshlandi

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi tegishli qarori (https://lex.uz/uz/docs/-6796327) bilan davlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-oʻqituvchilar, stajyor-tarbiyachi hamda tegishli toifaga ega boʻlmagan pedagog kadrlar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi.

➖ 2026-yil 18-martdan boshlab — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (https://my.gov.uz/oz/service/1010) hamda davlat xizmatlari markazlari orqali kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun murojaatlar qabul qilinishini ma’lum qilamiz.

❗️Murojaatlarni yuborish 2026-yil 18-aprel (shu kuni ham)ga qadar davom etadi.

✔️ Eslatib oʻtamiz: kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlarida qatnashish uchun:

➖ kasbiy sertifikat olishga daʼvogar boʻlgan davlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotidagi hamda avval kasbiy sertifikatlashda ishtirok etib, oʻta olmagan stajyor-oʻqituvchi, psixolog yoki mutaxassis lavozimidagi;

➖ shuningdek, pedagoglar attestatsiyasidan oʻta olmagan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas, egallab turgan lavozimiga muvofiq emas (oʻrta maxsus maʼlumotlilar), deb topilgan pedagog kadrlar ham hujjat topshirishlari mumkin.


Смотреть все