DIQQAT, TANLOV!

“Kelajak soati” loyihasi uchun dars ssenariylari tanlovi o’tkaziladi! Tanlovda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo’lgan barcha ishtirok etishi mumkin
Mavzu: 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Millat fidoyilari. Xotira va qadrlash”
Yoʻnalishlar va mukofotlar:
1. Maktabgacha ta’lim yoʻnalishi –
gʻolib uchun smart televizor;
2. Maktab ta’limi (boshlangʻich, oʻrta va yuqori sinflar) yoʻnalishi –
gʻoliblar uchun smart televizor va noutbuk;
3. Oliy ta'lim yoʻnalishi –
gʻolib uchun noutbuk;
Barcha yoʻnalishlar boʻyicha eng yaxshi ssenariylar jamlanmasi uchun bosh sovrin – iPhone 17 smartfoni!
Dars ssenariylarini 2026-yil 10-aprelga qadar quyidagi elektron manzilga (https://t.me/KelajakSoati_murojaat_bot) yuborishingiz talab etiladi.
Tanlovga kelib tushgan ssenariylar mutaxassislar va jamoatchilik vakillaridan iborat Tanlov hay’ati tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholanadi.
Tanlov natijalari joriy yilning 1-may sanasiga qadar e’lon qilinadi.
Muhim!
Tanlov nizomi (https://telegra.ph/Kelajak-soati-loyihasi-doirasida-otkazilayotgan-Millat-fidoyilari-Xotira-va-qadrlash-mavzusidagi-dars-ssenariylari-tanlovi-03-24) va “Kelajak soati” telegram kanaliga (https://t.me/kelajaksoati_rasmiy) joylangan namunaviy ssenariylar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
Biz sizga ishonamiz!
Harakatni bugundan boshlang!



