Taʼlim tashkilotlari xodimlarini tanlov asosida ishga qabul qilish sinov spetsifikatsiyasi tasdiqlandi
Xabaringiz bor, joriy yil 1-iyuldan boshlab mamlakatimizdagi 26 ta tuman va shahardagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumtaʼlim maktablari xodimlarini pedagog.uzedu.uz platformasi orqali tanlov asosida ishga qabul qilish tizimi yoʻlga qoʻyildi.
➖ Mazkur sinov jarayonlarida foydalaniladigan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi bilan quyida tanishishingiz mumkin:
Ma’lumot uchun:tanlov asosida ishga qabul qilish tizimi dastlab joriy yilning 1-fevralidan boshlab tajriba-sinov tariqasida Buxoro tumanidagi taʼlim tashkilotlarida yoʻlga qoʻyilgan.
Endilikda mazkur yangi tizim Buxoro viloyatidagi barcha tuman va shaharlarda, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida 1 tadan tuman shaharlarda joriy etilmoqda.
Endilikda mazkur yangi tizim Buxoro viloyatidagi barcha tuman va shaharlarda, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida 1 tadan tuman shaharlarda joriy etilmoqda.



