Maktablarda III chorakning so‘nggi o‘qish kuni 20 mart (juma) bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 26-bandiga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bahorgi ta’til 21 mart sanasidan boshlanib, 7 kalendar kun davom etishi belgilangan.
Demak, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 20 mart (juma) III chorakning so‘nggi o‘qish kuni bo‘lib, IV chorak 28 mart (shanba) kunidan boshlanadi.



