Toshkent shahar Yunusobod tuman 302-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova Parij shahrida YUNESKO tashkiloti Bosh direktori Hoshim Al-Anani bilan uchrashdi


Tadbir doirasida Toshkentda YUNESKO shafeligidagi II-toifali “Maktabgacha ta’limni rivojlantirish mintaqaviy markazi”ni tashkil etish to‘g‘risidagi bitim imzolandi. 
➖ Ushbu tashabbus 2025-yil noyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan edi.
Osiyo va Tinch okeani mintaqasida ilk bora tashkil etilayotgan ushbu markaz:
➖ maktabgacha ta’lim sohasidagi islohotlarni xalqaro tajriba va ekspertiza bilan qo‘llab-quvvatlaydi;
➖O‘zbekistonni erta yoshdagi ta’lim sohasida mintaqaviy “xab” sifatida shakllantiradi;
➖BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlaridan 4.2-maqsadi (barcha bolalar uchun sifatli erta rivojlanish va tayyorlov ta’limi) ijrosini jadallashtiradi.
Uchrashuv davomida Bosh direktor Hoshim Al-Anani O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning YUNESKO bilan hamkorlikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarini alohida ta’kidlab, davlat rahbarining xalqaro ta’lim, madaniyat va fan sohasidagi tashabbuskorligini yuksak baholadi. 




Смотреть все