Toshkent shahar Yunusobod tuman 302-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (AIIB) missiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


Unda vazir o‘rinbosari Temur Komilov, vazirlik mas'ullari hamda bank delegatsiyasi ishtirok etdi.
➖ Muloqot davomida davlat maktablari infratuzilmasini kengaytirish va modernizatsiya qilishga qaratilgan investitsiya loyihasining joriy holati muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun: mazkur loyihaning umumiy qiymati 200 million AQSh dollarini tashkil etib, unda 2027–2032 yillarda respublika hududlaridagi 200 ta maktabda yangi o‘quv binolarini qurish nazarda tutilgan. 
Bu orqali esa 94 ming yangi o'quv o'rni yaratish, mavjud maktablarni rekonstruksiya qilish hamda ularni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda. 
Uchrashuvda tomonlar loyiha oldi tayyorgarlik bosqichi, jumladan, ESIA, muhandislik dizayni, boshqaruv mexanizmlarini joriy etish hamda tender jarayonlarini samarali tashkil etish masalalari ham ko‘rib chiqishdi.




Смотреть все