Fan olimpiadalari, bahorgi attestatsiya, O‘zbekistonning PIRLSdagi ishtiroki, maktabdan tashqari ta’lim tizimini yanada rivojlantirish — navbatdagi Vazir soati bo‘lib o‘tdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova boshchiligida tizim faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan “Vazir soati” o‘tkazildi.
Yig‘ilishda navbatdagi mahalliy va xalqaro fan olimpiadalari, xususan ilk bora yurtimizda o‘tkaziladigan Xalqaro kimyo hamda Xalqaro informatika olimpiadalarini yuqori saviyada tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
➖ Shuningdek, mas’ullar ishtirokida joriy yilning yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan bahorgi attestatsiya jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda Davlatimiz rahbarining 2025-yil 8-sentabrdagi tegishli Qarorida belgilangan muhim vazifalar ijrosi haqida ham so‘z bordi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonning xalqaro baholash dasturi (PIRLS)da ishtirokiga doir masalalar muhokama qilindi.
Mas’ullarga maktab maslahatchisi lavozimi bo‘yicha mavjud bo‘sh o‘rinlar uchun yetakchilik qobiliyati va xalqaro sertifakatga ega nomzodlarni tavsiya etish, har bir umumta’lim maktabida “Kelajak” markazining tarmoq to‘garaklarini tashkil etish bo‘yicha muhim topshiriqlar berildi.



