Toshkent shahar Yunusobod tuman 302-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

Pedagoglar uchun qator davlat xizmatlari narxini toʻlashda imtiyoz belgilandi


Vazirlar Mahkamasining Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi tegishli qarori qabul qilindi (https://t.me/huquqiyaxborot/19712). Unga koʻra:

taʼlim tashkilotida mehnat shartnomasi asosida taʼlim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaxslar uchun quyidagi davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qilishi belgilandi:

➖ koʻchmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari;

➖ muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha davlat xizmatlari;

➖ umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish boʻyicha davlat xizmatlari;

➖ traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsat berish boʻyicha davlat xizmatlari;

➖ rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish boʻyicha davlat xizmatlari va boshqalar. 

Shuningdek:

➖ ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar direktor va direktor oʻrinbosarlari 5 yilda 1 marotaba ishdan ajralgan holda, Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil qilinadigan menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitilishi;

➖ ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi oʻquvchilarni oʻqishdan chetlashtirish, boshqa yoʻnalishga oʻtkazish va oʻquvchilar oʻqishini koʻchirish tartibi belgilandi.


Смотреть все