Toshkent shahar Yunusobod tuman 302-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

O‘zbekiston terma jamoasidan 11 ta medal — Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi yakunlandi


Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 
Yakuniy natijalarga ko‘ra, ushbu olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasi jami 11 ta medal (2 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza)ni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot o’rnida: mintaqaviy xalqaro olimpiadalardagi medallar uchun:
➖ oltin medal sohibiga — 4,944 mln. soʻm, oʻqituvchisiga — 20,6 mln. soʻm;
➖ kumush medal sohibiga — 3,296 mln. soʻm, oʻqituvchisiga — 14,42 mln. soʻm;
➖ bronza medal sohibiga — 2,472 mln. soʻm, oʻqituvchisiga — 12,36 mln. soʻm beriladi.
Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy xalqaro olimpiada sovrindorlari oliy taʼlim muassasalariga kirishda oʻz fanidan maksimal ballga ega boʻladi.


Смотреть все