Toshkent shahar Yunusobod tuman 302-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Azizbek Turdiyev joriy yilda oʻtkazilgan malaka toifa sinovlarida eng yuqori ballarni qoʻlga kiritgan bir guruh informatika va axborot texnologiyalari fani oʻqituvchilari bilan uchrashdi

➖ Mazkur pedagoglar shu yilning 12-24-may kunlari Janubiy Koreya Respublikasida safarda boʻlishadi hamda u yerda sunʼiy intellekt, zamonaviy dasturiy tizimlar va raqamli taʼlim platformalardan foydalanilgan amaliy darslarni tashkil etish boʻyicha oʻzaro tajriba almashishadi.
➖ Shuningdek, Janubiy Koreyadagi ilgʻor raqamli taʼlim muassasalari hamda kompaniyalar faoliyati bilan yaqindan tanishadi.
Maʼlumot uchun:mazkur taʼlim safari xalqaro tajribani oʻrganish, taʼlim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha Seul taʼlim departamenti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “KLIC Training Program” loyiha doirasida tashkil etilmoqda.





Смотреть все