Toshkent shahar Yunusobod tuman 302-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov Koreya–O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasi rahbari Kim Chang Keon hamda Kvangvun universiteti va maktab guruhi boshqaruvi raisi Cho Sun Young bilan uchrashdi


Muloqot davomida mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan, ta’lim tizimini zamonaviylashtirish, xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida so‘z bordi.
Shuningdek, maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarini barpo etish va rekonstruksiya qilish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish hamda qo‘shimcha o‘quv o‘rinlarini yaratish yo‘nalishidagi ishlarga to‘xtalib o‘tildi.
Koreya tomoni o‘z navbatida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholab, ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga katta qiziqish bildirdi hamda mamlakatimizda xalqaro maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish rejalari mavjudligini ma’lum qildi.
➖ Uchrashuv yakunida tomonlar ta’lim yo‘nalishidagi hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashishdi.


Смотреть все