Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan "Ilk qadam" milliy o‘quv dasturini maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglari tomonidan amaliyotga joriy etish bo‘yicha kaskad usulidagi o‘quv seminarlariga start berildi

Unda tayanch maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor o‘rinbosarlari ishtirok etishmoqda.
Mahorat darslari davomida tajribali trenerlar tomonidan:
🔹Takomillashtirilgan rivojlanishi va taʼlim olishiga qoʻyiladigan talablar bilan tanishuv,
🔹Maktabgacha taʼlim va bola rivojlanishi,
🔹Taʼlim strategiyalari. Individuallashtirish va shaxsiy oʻquv uslublari,
🔹Oʻyin yordamida taʼlim berish kabi mavzularda so'z bormoqda.
➖ Kelgusida kaskad usulidagi o‘quv seminarlarni davom ettirish, ta‘lim-tarbiya jarayonlarini bolaning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda tashkil etish rejalashtirilgan.



