Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova bir guruh pedagoglar bilan muloqot qildi

Unda sifatli taʼlimni taʼminlash, o‘quvchilarga zamonaviy bilimlar va kasblarni oʻrgatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
Muloqotda maktab direktorlari, oʻquv ishlari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari tomonidan:
➖Oʻquvchilarni milliy qadriyatlar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
➖Ota-onalar bilan ishlash;
➖Pedagoglar maqomini mustahkamlash;
➖Yoshlarning yangi gʻoyalari va startaplarini qoʻllab-quvvatlash;
➖Sunʼiy intellekt dasturini maktablarda oʻqitishni yoʻlga qoʻyish kabi yo‘nalishlarda yangi tashabbus va takliflar ilgari surildi.
➖ Tadbir yakunida pedagoglar tomonidan bildirilgan tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan kelgusi vazifalar belgilab olindi.



