Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi delegatsiyasi Janubiy Koreyada bo‘lib turibdi
Uchrashuvlar davomida Kyongido ta’lim boshqarmasi bilan istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari, "bog‘cha–maktab" majmualari hamda kelgusidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilinmoqda.
Shuningdek, Sigong Tech, i-Scream Edu, Robotics va boshqa tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, "Yangi avlod" maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini loyihalash, dizayn qilish va tashkil etish bo‘yicha Janubiy Koreya tajribasi o‘rganilmoqda.
Ma’lumot uchun: 2026-yilda Toshkent va Nukus shaharlarida, 2027–2028-yillarda esa barcha hududlar markazlarida "Yangi avlod" maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini barpo etish rejalashtirilgan.




