Toshkent shahar Yunusobod tuman 302-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

Malaka toifa sinovlari natijalari, 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov guruhlariga qamrab olish va ularga elektron sertifikatlar berish — navbatdagi “Vazir soati” bo‘lib o‘tdi


Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova boshchiligida navbatdagi “Vazir soati” bo‘lib o‘tdi. Unda vazir o‘rinbosarlari, vazirlik va tizim tashkilotlari markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.
➖ Yig‘ilish avvalida bahorgi malaka toifa sinovlari va kasbiy sertifikatlash natijalari muhokama qilindi. 
Xususan, pedagoglar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish, kuzgi attestatsiya va avgust oyidagi kasbiy sertifikatlash sinovlariga tayyorgarlik jarayonlari, binolar, texnika vositalari hamda axborot tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha mas‘ullarga tegishli topshiriqlar berildi. 
Shuningdek, 2027/2028-o‘quv yilidan 6 yoshli bolalarni majburiy maktabga tayyorlov jarayoniga to‘liq jalb etish va qamrov darajasini 100 foizga yetkazish, elektron sertifikat berish tizimini joriy etish hamda ota-onalar o‘rtasida keng targ‘ibot ishlarini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida mas’ul rahbarlarga belgilangan vazifalar ijrosini qat’iy nazoratga olish, mavjud kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish va natijadorlik bo‘yicha muntazam hisobot berib borish topshirildi.




Смотреть все