Toshkent shahar Yunusobod tuman 302-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zozа Karimova Finlandiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Yoxanna Mariya Ogren bilan uchrashdi


Uchrashuv avvalida vazir E'zoza Karimova Yoxanna Mariya Ogrenni Finlandiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi lavozimiga qayta tayinlangani munosabati bilan samimiy tabriklab, yangi diplomatik faoliyatida ulkan muvaffaqiyat tiladi.
Muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi ta'lim sohasidagi hamkorlik, jumladan "Finnish Inspired Education System Development in Uzbekistan (FIESDU)" loyihasi doirasidagi natijalar, o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishi, raqamli ta'lim yechimlarini joriy etish hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Ma'lumot uchun: FIESDU loyihasi doirasida o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishi, ta'lim sifatini baholash, ta'lim boshqaruvini takomillashtirish va inklyuziv ta'limni rivojlantirish yo‘nalishlarida Finlyandiyaning ilg‘or tajribasi joriy etilmoqda. 
Shuningdek, YUNISEF ko‘magida O‘zbekistonda "Eduten" raqamli ta'lim platformasi sinovdan o‘tkazilib, 200 nafar o‘qituvchining raqamli platformalardan foydalanish salohiyati oshirildi. 
Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari haqida so‘z yuritishdi va o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlashga kelishib olishdi.

Смотреть все