Toshkent shahar Yunusobod tuman 302-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

"Yosh avlodni milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashda faxriylar ishtiroki" mavzusida harbiy jangchi-faxriylar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi  "Veteran" jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining qo'llab-quvvatlash jamoat fondi  davlat GRANTI rejasiga binoan "Yosh avlodni milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashda faxriylar ishtiroki" mavzusida  O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar davlat muzeyida  harbiy jangchi-faxriylar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi "Veteran" jangchi-faxriy birlashmasi raisi T.Muratov, shu birlashma rais o‘rinbosari  R.Mirzayeva, Yunusobod tumanidagi 302-maktabning "Vatanparvarlar guruhi" rahbari N.Qadamov, valyantyor o'quvchilar hamda MMIBDO' N.Yusupovalar faol qatnashib esdalik sovg‘alariga ega bo‘ldilar. Tadbirda bir qancha  faxriy jangchilarning  qilgan ibratli xizmatlari uchun medal  va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Смотреть все