"Yangi O'zbekiston - ma'rifatli jamiyat" mavzusida sinflar o'rtasida musoboqa o'tkazildi

Joriy yilning 23 yanvar sanasida maktabimizda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan hamkorlikda o'quvchilarini harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida "Yangi O'zbekiston - ma'rifatli jamiyat" mavzusida harbiy orkestr namoyishi hamda shaxmat-shashka sport turi bo'yicha sinflar o'rtasida musoboqa o'tkazildi. Yunusobod tumani IIB FMB XPB VEMB inspektor-psixolog N.Janiyeva, leytenant O.Xoliyorova, Yunusobod tumani Q'oriqlash bólimi boshlig'i o'rinbosari katta leytenant M.Abdurasulov va kapitan Sh.Mirholiqovlar tashrif buyurdilar. G'olib o'quvchilar maktab ma'muriyati tomonidan taqdirlandilar.