Yunusobod tumani 302-maktabda Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlariga bag'ishlangan “Buyuk mutafakkir sohiblari” mavzusida badiy-adabiy kecha bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 2025 yil 14-fevral kuni Yunusobod tumani 302-maktabda Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlariga bag'ishlangan “Buyuk mutafakkir sohiblari” mavzusida badiy-adabiy kecha bo‘lib o‘tdi. O'quvchilarga Buyuk bobomiz Alisher Navoiy insoniyat tarixida o'chmas iz qoldirgan shaxslardan biri, so'z mulkining sultoni ekanligi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur o'z asarlari orqali odamlarni kamtarin, ko'rkam fazilatlar egasi bo'lishga chorlaganligi haqida hamkorimiz Renessans ta’lim universiteti pedagogika fanlari nomzodi dotsenti Berdaliyev Nizomiddin ака tushunchalar berdi. Kechamizga bir qancha taniqli insonlar tashrif buyurdilar:
tuman ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassis D.Muminova
O‘zbekiston Xalq artisti “Bobur mukofoti” sovrindori Muhamadali Abduqunduzov, O‘zbekiston Milliy Akademik teatri aktrisasi O‘zbekiston hamda Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilnoza Kubaeva
O‘zbekiston “Veteran” Jangchi-faxriy va nogironlari Birlashmasi raisi o‘rinbosari Mirzaeva R.S, Quchqorov R, Mirzaxmedova N, Mamarajabov T-Pedagogika fanlari doktori, professor , N. Berdaliyev pedagogika fanlari nomzodi dotsent, Renessans ta’lim universiteti “Pedagogik ta’lim va psixologiya” kafedrasi mudiri, Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira( taxallusi:Dil Bonu)Supieva B.
Yunusobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi Matbuot xizmati.